Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
Ishtixon tumanida kadastr sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish holati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali boshlig‘i H.Astonovning sohada korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda qonun hujjatlari ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2025-yil davomida kadastr tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida muntazam tushuntirish ishlari, yig‘ilishlar va davra suhbatlari tashkil etilgan.

Xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha qat’iy talablar belgilangan hamda bu borada tilxat va kafolat xatlari olingan.

Shuningdek, viloyat boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat ishlari olib borilib, noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarlik muqarrarligi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

2026-yilda ham mazkur yo‘nalishda ishlar davom ettirilib, sohaga oid qonun hujjatlari, xususan manfaatlar to‘qnashuvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartiblari hamda xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik bo‘yicha xodimlarga qo‘shimcha tushuntirishlar berilgan.

Sessiyada fuqarolarga sifatli va halol xizmat ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlashda ortiqcha sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning oldini olish va tizimda intizomni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 3