Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
Ishtixon tumanida uy-joy qurilishi sohasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i A.Ruziqulovning uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish, ulush kiritish asosida qurilish jarayonlarini tartibga solish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2025-yilda tumanda aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Xalqobod MFY hududida 3 ta 60 xonadonli hamda Qoraqo‘yli MFYda 1 ta 40 xonadonli ko‘p kvartirali uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, Ko‘tarma MFY hududida 9 ta 180 xonadonli uy-joy qurilishi boshlangan bo‘lib, ularni joriy yilning sentabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tuman master-rejasiga muvofiq yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, J.Maxmudov MFY hududida 1991-yilgacha qurilgan 5 ta uy (85 xonadon) o‘rnida renovatsiya asosida 9 ta 284 xonadonli zamonaviy uy-joylar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Ishtixon MFY hududida sohil bo‘yida 8 ta ko‘p qavatli uyda jami 476 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy turar-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qoraqo‘yli MFYda 3 ta 120 xonadonli, 7 qavatli uy-joylar qurilishi boshlangan bo‘lib, ularni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Sessiyada uy-joy qurilishi sohasida investitsiyalarni keng jalb etish, qurilish jarayonlarini shaffof tashkil etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 3