Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash faoliyatida raqamli tizimlar va ish yurituv samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
96_ta_Qonun

Xalq deputatlari Buvayda tumani Kengashi deputati Mamajonov Zuxriddin hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Aliqulov Sherali tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida dorixona va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subyektlarda dori vositalarining saqlanishi, realizatsiyasi, sifati hamda aholiga yetkazib berish jarayonlari amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, dori vositalarining sertifikatlanganligi, yaroqlilik muddati, narx-navoning asosliligi hamda noqonuniy savdoning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, soha vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, jumladan, dori vositalari ta’minoti, logistika jarayonlari, narxlar barqarorligi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

✅O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, farmatsevtika faoliyatini tartibga solish, qonun talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda aholining sifatli va xavfsiz dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1