Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
“Uchtepa” ovulida yashovchi o‘quvchi yoshlar uchun muhim masala ijobiy hal etilishi kutilmoqda.

“Uchtepa” ovulida yashovchi o‘quvchi yoshlar uchun muhim masala ijobiy hal etilishi kutilmoqda.

Tuman Kengashi deputati K.Dosmurzayevaning 2026-yil 13-martdagi 7-ds-329-26-sonli deputatlik so‘roviga Konimex tumani hokimi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Mazkur so‘rovda Olis “Uchtepa” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan maktablarning o‘quvchi yoshlari tuman markazida tashkil etilib, o‘tkaziladigan fan olimpiadalari, turli tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida doimiy ravishda faol ishtirok etishlari uchun moliyaviy jihatdan maqbul transport qatnovini ta’minlash maqsadida ularni “avtobus” transport vositasi bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish so‘ralgan edi.

Javobda qayd etilishicha, mahalliy budjetning 2026-yil boshiga hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘lari hamda mahalliy byudjetning daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan avtobus sotib olib, ushbu transport vositasi bilan qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganligi ma’lum qilingan.