Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog'ishamol mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Deputatlar “Nuroniylar maskani”dagi sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining ushbu haftadagi ish faoliyati sharhi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova tumandagi 15-umumta’lim maktabining qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputat nazorati: Pilla – barqaror daromad va bandlik garovi
Samarqand shahar 17-umumta'lim maktabida yoshlar bilan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahar Kengashi deputati Boltaeva Dilbar Olimovna 17-maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bugungi kundagi ta’lim jarayoni, ularning qiziqishlari, orzu-maqsadlari hamda kelajak rejalari haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Deputat yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, deputatdan batafsil javoblar oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar uchun foydali va motivatsion bo‘ldi.

Slide 1 of 1