Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buyuk ipak yo'li mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Zafar Jo‘niqulov hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va eksport salohiyatini o‘rganish maqsadida Paxtakor mahallasida faoliyat yuritayotgan “AGRO-TRADING” MChJda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani deputati X.Abduvoxidov tuman mutasaddilari hamda “Nurli Pangat yettiligi” ishtirokida mahalla hududida maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi rejalashtirilgan hududni o‘rgandi.
янв.21
Deputat qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari Andayev Axmad va Mamanova Karomat «Ochiq Budget» portali orqali g‘olib deb topilgan Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasidagi yangilash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat Mamanova Karomat hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan tumandagi kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat mahalliy tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Kengash faoliyatida raqamli tizimlar va ish yurituv samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

Deputatlar tomonidan “Qaytmas” MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Tuman Kengashi deputatlari K.Djumanazarova, I.Soliyev hamda B.Bahovadinovlar tomonidan hududdagi “Qaytmas” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Hokim yordamchisi tomonidan mahalladagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga kredit va subsidiya olishda ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1