Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi va bemorlar bilan suhbatlashdi
янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat maktab hududini ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonalari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda
янв.21
Hudud muammolari deputat e’tiborida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi
Fuqarolar sog‘lig‘i ustuvor vazifa: qonun va tibbiy xizmatni rivojlantirish

 Fuqarolar sog‘lig‘i ustuvor vazifa: qonun va tibbiy
xizmatni rivojlantirish
 

  

🔹Hozirgi
kunda fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish va tibbiy xizmatni samarali tashkil
etish mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi
Qonuni qabul qilingan va uning ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar
muntazam muhokama qilib boriladi.
 

🔹Xalq
deputatlari mahalliy Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va
sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishlarida tuman Tibbiyot
birlashmasi boshlig‘i hisobotini taqdim etdi. Komissiya a’zolari tomonidan
aholiga tibbiy xizmatning samaradorligi va ehtiyojlarga mosligi muhokama
qilindi. Masalan, aholi sog‘lig‘ini samarali ta’minlash maqsadida qo‘shimcha
tibbiy brigadalarni tashkil etish takliflari ilgari surildi.
 

🔹 Komissiya raisi O.Dadajonova
qonunning asosiy maqsadlarini ta’kidlab, har bir tibbiyot xodimi va
muassasaning fuqarolar salomatligi ustuvor vazifa ekanligini bilishi, tibbiy
xizmatni samarali tashkil etish va mas’uliyatni anglashi zarurligini eslatdi.
 

🔹 Yig‘ilishda ilgari surilgan fikr va
takliflar qonun ijrosini kuchaytirish, tibbiy xizmat sifati va aholiga
ko‘rsatilayotgan yordam darajasini yanada yaxshilashga qaratilganligi qayd
etildi.
 

  

   

Slide 1 of 5