Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi va bemorlar bilan suhbatlashdi
янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat maktab hududini ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonalari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda
янв.21
Hudud muammolari deputat e’tiborida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi
“Tomorqa madaniyati — oila daromadining asosi”

 “Tomorqa madaniyati — oila daromadining asosi” 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati D. Sattarova bugungi kunda
tumandagi Kenagas va Qoramon mahallalarida tomorqachilik aholi bandligini
ta’minlash, xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish hamda
oilalar daromadini ko‘paytirishda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Shu nuqtai nazardan, hududlarda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi
O‘RQ-681-sonli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali
tashkil etish va uning amaliy natijadorligini oshirish masalalariga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Mazkur qonunning joylardagi ijrosi deputat tomonidan
o‘rganilib, tomorqa yerlaridan oqilona va unumli foydalanish orqali aholi
farovonligini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududiy iqtisodiy
rivojlanishni jadallashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab
olindi.  

Slide 1 of 1