Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 26 sessiyasi oldidan doimiy komissiyalarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
1- Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman mahalliy budjeti hisobidan shakllangan Oqoltin tuman hokimligining “Fuqarolar
tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.
2- Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, shu jumladan, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish to‘g‘risida.
3- Oqoltin tumanida ijtimoiy reyestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risida.
4- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-93-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.