⏺ Qonunning asosiy maqsadi:
💬Yer uchastkalarini olib qoʻyishda qonuniylik va adolatni taʼminlash;
💬Mulkdorlar huquqlarini kafolatlash;
💬Kompensatsiya toʻlovlarining shaffof va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash.
⏺Asosiy tamoyillar:
💬Ochiqlik va shaffoflik;
💬Adolatli va oldindan kelishilgan kompensatsiya;
💬Mulkdor roziligi (qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno);
💬Sud orqali himoya qilish kafolatlari.
⏺Kompensatsiya turlari:
💬Bozor qiymatiga teng pul mablagʻlari;
💬Teng qiymatdagi boshqa ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasi;
💬Ko‘chirish va boshqa xarajatlar qoplanishi;
💬Yoʻqotilgan foyda uchun kompensatsiya.
⏺Muhim tartib:
🔅Yer uchastkasi faqat kompensatsiya toʻliq berilgandan soʻng olib qoʻyiladi;
🔅Mulkdor oldindan yozma ravishda xabardor qilinadi;
🔅Mustaqil baholash tashkiloti jalb etiladi;
🔅Nizolar sud tartibida hal etiladi.
🫥Eslatma: Har bir fuqaro oʻz mulki daxlsizligi va adolatli kompensatsiya olish huquqiga ega.