🔹Mehnat yarmarkasida "Mehrigiyo" korxonasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tarmog‘ida ro‘yxatga olingan yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari taklif etildi. Qiziqish bildirgan 30 nafardan ziyod yoshlar suhbat jarayonidan o‘tib, bir haftalik o‘quv dasturini yakunlab, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, korxonada mehnat faoliyatlarini boshlaydigan bo‘ldilar.