Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi va bemorlar bilan suhbatlashdi
янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat maktab hududini ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonalari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda
янв.21
Hudud muammolari deputat e’tiborida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi
Murojaat e’tiborsiz qolmaydi: “Yangi kuch” mahallasidagi ichimlik suvi masalasi nazoratga olindi

Murojaat e’tiborsiz qolmaydi: “Yangi kuch” mahallasidagi ichimlik suvi masalasi nazoratga olindi

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda “Yangi kuch” mahallasi, “Yangi kuch madaniyati” ko‘chasi aholisidan bir necha bor takroriy murojaatlar tushdi. Mazkur ko‘chada yashovchi fuqarolarimiz uzoq vaqtdan buyon toza ichimlik suvi muammosidan qiynalib kelishmoqda

Inson hayoti uchun eng zarur bo‘lgan ushbu masala bo‘yicha deputatlik vakolatim doirasida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda quyidagilar talab qilindi:

✅ Suv tarmog‘ini tortish bo‘yicha loyiha muddatlarini aniqlash;

✅ Joriy yilgi dasturlarga ushbu ko‘chani kiritish;

✅ Muammoning amaliy yechimi bo‘yicha aniq muddatlarni belgilash.

Xalqning ishonchi — biz uchun eng oliy mukofot. Masala to‘liq yechimini topgunga qadar nazoratimizda bo‘ladi.