Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda
янв.21
Hudud muammolari deputat e’tiborida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat Do'stlik mahallasida mahalla yettilgi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Dasturlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat va yoshlar maslahat guruhi a’zosi – bilimli yoshlar uchun yangi imkoniyat yaratdi
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorida hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar asosida, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan joylardagi muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechim topishda o‘zaro hamkorlikda ish olib borish belgilangan.

Shuningdek mahalla hududini rivojlantirish aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta’minlash va madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish borasida mahalla yettiligi a’zolari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining 2026-yilda amalga oshirishi belgilangan “Yo‘l xaritalari” bilan tanishdi. Mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha mahalla yettiligi a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 7