Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Qiziltepa tumanida Jami 8 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish va dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan
Navbatdagi qadam: Moliyalashtirish.
Ushbu g‘olib loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun zarur mablag‘lar ajratilishi kutilmoqda.
Ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritililishi rejalashtirilgan.
Sessiya qarori bilan loyihalar rasman tasdiqlanib, moliyalashtirish bosqichiga o‘tiladi.