✅ Ushbu murojaat va deputat tashabbusi o‘z samarasini berdi. Ayni kunlarda “Ma’rifat” mahallasi “Cho‘lpon” ko‘chasining 240 metr qismida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan manzilli dastur asosida asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.
🏗 Bu nima beradi?
🔹 Yo‘llar sifati tubdan yaxshilanadi;
🔹 Transport harakati yengillashadi;
🔹 Piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratiladi;
🔹 Mahallaning tashqi qiyofasi yanada ko‘rkamlashadi.
🌟 Mahallalar ichki yo‘llarining ta’mirlanishi — aholi turmush farovonligini oshirish va kundalik qatnovdagi noqulayliklarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Saylovchilar ishonchi va aholi muammolarini hal etish yo‘lidagi amaliy ishlar deputat nazorati ostida izchil davom ettiriladi.