Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda
янв.21
Hudud muammolari deputat e’tiborida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat Do'stlik mahallasida mahalla yettilgi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Dasturlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat va yoshlar maslahat guruhi a’zosi – bilimli yoshlar uchun yangi imkoniyat yaratdi
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining 3-Sharlauk saylov uchastkasidan saylangan deputat Jasur Kur’yazov tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, faoliyat yo‘nalishlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida markaz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan yordam turlari va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman Kengashi deputati Jasur Kur’yazov homiylar bilan hamkorlikda mahalladagi Hummiztepa ko‘chasida yashovchi nogiron Rahimov Hamdam Jumabayevich xonadoniga tashrif buyurib, unga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi hamda uning holidan xabar oldi.

Mazkur xayriya tadbiri orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.