Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda
янв.21
Hudud muammolari deputat e’tiborida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat Do'stlik mahallasida mahalla yettilgi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Dasturlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat va yoshlar maslahat guruhi a’zosi – bilimli yoshlar uchun yangi imkoniyat yaratdi
Qarorlarning mazmun-mohiyati: Hududlarni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning yangi bosqichi

2026-yil yakuniga qadar mamlakatda kambag'allik darajasini 2,8 foizga, ishsizlikni esa 4,5 foizgacha tushirish belgilandi.

 1 million aholini doimiy ish bilan taminlash va 4 million fuqaroning daromadlarini izchil oshirish.

 Mahallalarning ixtisoslashuvi (“drayver” sohalari) asosida biznes infratuzilmasini yaxshilash va loyihaviy boshqaruvni joriy etish.

 Usta-dehqonlarga xonadonlarni ixtisoslashtirgani uchun 2 mln so'mdan 75 mln so'mgacha subsidiyalar ajratiladi.

 Eski bog'larni yangilash, tomchilatib sug'orish va quduq qazish xarajatlarining 70 foizgacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga uylarini isitish va energiya tejovchi derazalar o'rnatishda alohida yordam ko'rsatiladi.

 Chorvachilik va turizm mahallalarida 150 mln so'mgacha garovsiz kreditlar berish tizimi yo'lga qo'yiladi.

Hududiy Kengashlarga “og'ir” mahallalar ro'yxatini tasdiqlash va mablag'larning manzilli ishlatilishini nazorat qilish hamda tuman Kengashlariga mahallalar kesimidagi oyma-oy maqsadli koʻrsatkichlarni muhokama qilish vakolati berildi.

Norasmiy bandlikni legallashtirgan ish beruvchilar ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi va ularning reytingi oshiriladi.

Natijadorlik: 37 ta “og'ir” tumanda kambagallik 2 baravarga qisqartirilib, 33 ta shahar va tuman ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.

Bu qaror — har bir mahallada farovonlikni taminlash va inson qadrini yuksaltirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadamdir !

Slide 1 of 1