Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat maktablarda tibbiy xizmat sharoitlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan VII-23-25-3-52-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
янв.21
Deputat arzonlashtirilgan yarmarkadagi narx-navolarni o‘rgandi
янв.21
Deputat ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Ta’lim sifatiga e’tibor: deputat o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Piyodalar uchun qulaylik – deputat e’tibor markazida
янв.21
Yoshlar muammolari va tashabbuslari e’tibor markazida
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish — deputat e’tiborida
Deputat tomonidan o‘rganildi

 Deputat tomonidan o‘rganildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga “14 – Xonobod” saylov
okrugidan saylangan deputat M.Axmadalieva Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla
yettiligi” faoliyatini o‘rgandi. 

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalladagi ijtimoiy xodimning
o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga qaratildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona
reestri”ga kiritilgan 54 ta oila hamda 96 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar holati o‘rganildi. 

Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar
bandligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, sport
hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi. 

O‘rganishlar davomida har ikki xodim faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2