Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat 123-maktab kutubxonasini o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova o‘z hududidagi 123-maktab kutubxonasiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Kutubxonadagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun ajratilgan o‘qish joylari hamda zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Kutubxonani yanada boyitish, yangi adabiyotlar bilan ta’minlash va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati bilan kutubxona faoliyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 2