Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI SAMARA BERMОQDA
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA 300 DAN ZIYOD KO‘CHAT EKILDI
янв.21
MAHALLA OBODONCHILIGI – DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI BANDLIGI MASALALARI BO'YICHA O'RGANISH OLIB BORDI
янв.21
DEPUTATLAR HAMKORLIGIDA BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI
янв.21
Deputat aholi muammolarini muntazam tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli amaliy choralarni ko‘rib bormoqda.
янв.21
Deputat pillaxonalar qurilishi bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat mahalla faoliyati va aholi tomorqalarini o‘rgandi
#96_qonun 📍 “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdurazzaqov Faxriddin tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi “Naslchilik to‘g‘risida”gi 165-I-son Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy maqsadi chorvachilik sohasida naslchilik ishlarini rivojlantirish, naslli chorva hayvonlarini ko‘paytirish, ularning zotini yaxshilash hamda mahsuldorligini oshirishga qaratilgani haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, naslchilik ishlarini tashkil etish tartibi, naslli hayvonlarni hisobga olish, ularning kelib chiqishi va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda bu borada yuritiladigan hujjatlar haqida ham tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida chorvadorlar uchun naslchilik ishlarini to‘g‘ri tashkil etishning ahamiyati, zamonaviy usullarni qo‘llash orqali chorvachilik mahsuldorligini oshirish, sifatli nasl olish hamda sohada davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan talablar, naslchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish, chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fermerlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, chorvachilik sohasini rivojlantirishda qonunchilik talablariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi hamda qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari bundan buyon ham davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4