Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN TIBBIYOTDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI SAMARA BERMОQDA
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA 300 DAN ZIYOD KO‘CHAT EKILDI
янв.21
MAHALLA OBODONCHILIGI – DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI BANDLIGI MASALALARI BO'YICHA O'RGANISH OLIB BORDI
янв.21
DEPUTATLAR HAMKORLIGIDA BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI
янв.21
Deputat aholi muammolarini muntazam tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli amaliy choralarni ko‘rib bormoqda.
янв.21
Deputat pillaxonalar qurilishi bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.
Haftalik_dayjesti

🗓2026-yil 10–13-mart kunlari uchun belgilangan haftalik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi tomonidan qator muhim tadbirlar, o‘rganishlar va uchrashuvlar tashkil etildi.

🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida tuman hokimi o‘rinbosari F.Yusupov tomonidan hokimlik zaxirasidagi yer maydonlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash hamda ularni foydalanishga kiritish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi.

🔹 Deputatlar ijtimoiy obyekt faoliyatini o‘rgandi

Deputatlar tumandagi maktablardan birida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona, kompyuter xonalari, sport zali hamda sport anjomlari holati bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Deputatlik guruhi yig‘ilishi

Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi yig‘ilishida Prezidentning 2025-yil 6-maydagi PF–76-son Farmoni ijrosi doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputatlar Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishib, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, xotin-qizlar bilan ishlash hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.

🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi

Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida Jo‘qorg‘i Kenges Raisining farmoyishi hamda deputatlarning saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvalini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

🔹 Deputatlik nazorati olib borildi

Deputatlar mahallalarda bo‘lib, “mahalla yettiligi” faoliyati, bandlikni ta’minlash, yoshlar bilan ishlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini o‘rgandi.

🔹 Aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Sayyor qabul davomida deputatlar aholiga hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy soha, ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilma loyihalari haqida ma’lumot berib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi.

🔹 Deputat so‘rovi natija berdi

Deputat Ulug‘bek Abduraxmanov tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi asosida tumandagi ayrim ichki yo‘llarda ta’mirlash va tekislash ishlari amalga oshirildi.

🔹 Deputatlar shanbalikda faol qatnashdi

“Yurt farovonligi, avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq shanbaligida deputatlar ham faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish va tozalash ishlariga hissa qo‘shdilar.

✅ Hafta davomida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1