Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI SAMARA BERMОQDA
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA 300 DAN ZIYOD KO‘CHAT EKILDI
янв.21
MAHALLA OBODONCHILIGI – DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI BANDLIGI MASALALARI BO'YICHA O'RGANISH OLIB BORDI
янв.21
DEPUTATLAR HAMKORLIGIDA BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI
янв.21
Deputat aholi muammolarini muntazam tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli amaliy choralarni ko‘rib bormoqda.
янв.21
Deputat pillaxonalar qurilishi bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat mahalla faoliyati va aholi tomorqalarini o‘rgandi
Pastdarg‘om tumani “Boldir” MFYda deputatning mahalla aholisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati O'.Shukurov uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bir qator muammolar va takliflar bildirildi. Jumladan, ayrim xonadonlarga maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, ba’zi holatlarda esa yetkazib berish muddati 70 kungacha cho‘zilib ketayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, gaz balloni kelgan vaqtda uy egasi uyda bo‘lmagani sababli uni almashtira olmay, sarson bo‘lib yurgan fuqarolar ham o‘z murojaatlarini bildirishdi.

Bundan tashqari, mahalla hududida joylashgan 6-maktab filiali binosi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, o‘quvchilar foydalanayotgan stol va stullar eskirib ketgani haqida ham aholi tomonidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar chiqarilishi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 1