Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN TIBBIYOTDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI SAMARA BERMОQDA
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA 300 DAN ZIYOD KO‘CHAT EKILDI
янв.21
MAHALLA OBODONCHILIGI – DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI BANDLIGI MASALALARI BO'YICHA O'RGANISH OLIB BORDI
янв.21
DEPUTATLAR HAMKORLIGIDA BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI
янв.21
Deputat aholi muammolarini muntazam tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli amaliy choralarni ko‘rib bormoqda.
янв.21
Deputat pillaxonalar qurilishi bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.
KQ-6-B-sonli qaror ijrosi: Pastdarg‘omda kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-B-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzurida Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tuzilgan komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda komissiya barcha a’zolari ishtirok etdi. 

Kun tartibidagi asosiy masala — komissiya Nizomida belgilangan vazifalar ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda muammolarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muhokama davomida:

tumanda mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati,

ehtiyojmand oilani aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish,

bandlikni ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish,

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 5