Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minoti , bandlik hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ta’limi, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunar va IT yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.