Murojaatda Margʻilon shahridagi “Nadirmat” MFY, Yoshlar ko‘chasidagi 7-, 8-, 9- ikki qavatli uylarning kanalizatsiya tizimi mavjud emasligi masalasi ko‘tarilgan. Mazkur uylar 1960-yillarda qurilgan bo‘lib, hozirda 28 ta xonadon istiqomat qiladi.
Kanalizatsiya tizimining yo‘qligi, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqarolar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Deputatlar tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi hamda masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.