Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaat yuzasidan deputat joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputatga yo'llangan murojaat beeʼtibor qolmadi
янв.21
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Paxtakor tumani "Suvonobod" mahalla aholisi qo‘ziqorin yetishtirib yaxshi daromad topmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Paxtakor tumani Nurli Pangat MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
Bolalar xavfsizligi masalasi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Chilolnzor tuman Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovnaga Navbahor 3-tor ko‘chasi 85-, 87- va 158-sonli ko‘p qavatli uylar hududida joylashgan bolalar maydonchalarining holati yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida okrug deputati tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida bolalar maydonchalari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, o‘yin jihozlari eskirgani hamda ayrim konstruksiyalar xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlandi. Shuningdek, hudud obodonlashtirish va zamonaviylashtirish ishlariga muhtoj ekani qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi, ayniqsa yosh bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish maqsadida okrug deputati tomonidan belgilangan tartibda tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘roviga muvofiq quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish so‘ralgan:

bolalar maydonchalarini kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish;

xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy o‘yin jihozlari bilan jihozlash;

hududda kompleks obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan.