Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Paxtakor tumani "Suvonobod" mahalla aholisi qo‘ziqorin yetishtirib yaxshi daromad topmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Paxtakor tumani Nurli Pangat MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Deputatning o'z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

#shahardeputatlari #deputatlik_faoliyati #deputatlikso'rovi

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Namangan shahar Taraqqiyot hamda Yangi Asr MFY hududida joylashgan “Mikrorayon–Lola” magistral avtomobil yo‘li bo‘yicha kelib tushgan aholi murojaati asosida deputatlik so‘rovi Namangan viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘iga yuborildi.

Murojaatda mazkur hududda beton ajratuvchi to‘siq mavjudligi, piyodalar uchun maxsus o‘tish joyining yo‘qligi hamda svetoforli tartibga solish vositasining o‘rnatilmaganligi sababli fuqarolar yo‘lni xavfli tarzda kesib o‘tishga majbur bo‘layotgani va bu holat yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bayon etilgan.

Shu munosabat bilan:

 beton ajratuvchi to‘siqning bir qismini olib tashlash;

  belgilangan tartibda piyodalar o‘tish yo‘lagini tashkil etish;

  piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish

 Masalalarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish va tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.