Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Paxtakor tumani "Suvonobod" mahalla aholisi qo‘ziqorin yetishtirib yaxshi daromad topmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Paxtakor tumani Nurli Pangat MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Deputatning o'z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
Deputatlik nazorati va faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlari yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda o‘rganishlari davom etmoqda.

Shunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida tumandagi “Mehnatobod” MFYda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining hozirgi kundagi bajarilish holatini xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Qahramon okrugidan saylangan deputat Amonov Jamshid Yangiboyevich o‘rgandi. 

Bu bo‘yicha mahalladagi 43-maktabga bordi. Maktabni rekonstruksiya qilish (mavjud 110-o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash va 120 o‘rinli qo‘shimcha binosi qurish) bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Hozirda poydevor ishlari bajarilayapdi. Qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 4