Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Paxtakor tumani "Suvonobod" mahalla aholisi qo‘ziqorin yetishtirib yaxshi daromad topmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Paxtakor tumani Nurli Pangat MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Deputatning o'z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldasheva Sevara tumandagi 1-sonli Politexnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🫥Tashrif davomida deputat ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining sifati hamda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishdi. Hozirgi kunda politexnikumda 971 nafar o‘quvchi tahsil olib, 10 ta yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda. Xususan, tikuvchilik, elektromontyorlik hamda avtomobillarni ta’mirlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishdi Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan ustaxona va laboratoriyalar, zamonaviy jihozlar hamda malakali ustozlar tomonidan berilayotgan bilim va ko‘nikmalar ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Deputat tashrif yakunida ta’lim muassasasi rahbariyati bilan suhbatlashib, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdi. Deputat nazorati doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1