Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Paxtakor tumani Nurli Pangat MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Deputatning o'z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MAHALLALARDA DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETADI
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Deputatlar Paxtakor tumanidagi barpo etilgan uzumchilik bog‘ida bo'lishdi
янв.21
Paxtakor tuman Xalq deputatlari Kengashi deputati Zoir Shodmonov tashabbusi bilan tumanda “Obod mahalla — obod uy” shiori ostida ma’naviy-amaliy seminar tashkil etildi.
Xalq vakili xalq orasida

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan Olmazor tumanidagi “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla raisi, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, xususan, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, xalq vakili mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Slide 1 of 3