Xalq deputatlari tuman Kengashi 23-okrug deputati F.Namozov okrugidagi "Botanika" mahallasidagi mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari bilan tanishdi.
Jumladan deputat tomonidan “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining №O’RQ-415-sonli Qonuni yuzasidan tushunchalar berildi.