Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat sug'orish tarmoqlarida barqaror suv yetkazib berishga qaratilgan ishlarni nazorat qilmoqda
янв.21
Hudud muammolari deputat e’tiborida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududlardagi lotoklarni tozalash ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Deputat Do'stlik mahallasida mahalla yettilgi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Dasturlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat va yoshlar maslahat guruhi a’zosi – bilimli yoshlar uchun yangi imkoniyat yaratdi
Tadbirkorlik uchun 55 milliard so‘m kredit ajratiladi

Xalq deputatlari tuman kengashining 101-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi. Qayd etilishicha, hisobot davrida hududiy investitsiya dasturi doirasida 46,5 milliard so‘mlik 8 ta loyiha amalga oshirilgan, 48 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Shuningdek, 543,1 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 2901,8 ming so‘mga yetgan. Xizmat ko‘rsatish va qurilish-pudrat ishlari esa mos ravishda 210 milliard hamda 53,7 milliard so‘mga oshgan. Ta’kidlanishicha, 2024-yil davomida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarga band qilish maqsadida 24 354 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi reja qilingan. Yanvar-fevral oylarida 1681 nafar ishsiz bandligi ta’minlangan. 

Slide 1 of 1