Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati Azizbek Usmonov va “Adolat” SDP Toshloq tuman Kengashi raisi G‘ayratjon Yuldashevlar O‘zbekiston “Adolat” SDPning “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida tumandagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim va tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida maktabdagi ta’lim sifati, tarbiyaviy ishlar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko'rib chiqildi.