✅“Katta Rovot” mahallasida “Ma’naviyat karvoni” tashabbusi doirasida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
✅Tadbirda xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Nishonov, deputat J.Xamidov hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
✅Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
✅Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.