Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Paxtakor tumani Samarqand MFY hududidagi 4-maktabda “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan kundalik hayotda qiynab kelayotgan muammolar ochiq va oshkora muhokama qilindi.
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Deputatlar tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbirini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
️Deputat Oltinko'l mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi muammolar yuzasidan o'rganish olib bordi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 18-SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
MUNOSABAT
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat



Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va davlat dasturlarining ijrosini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur selektorda belgilab berilgan vazifalar Navoiy shahri uchun ham muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi. Jumladan, har bir mahallada mavjud muammolarni aniq tahlil qilish, aholi daromadini oshirishga qaratilgan manzilli choralarni kuchaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.

Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish — asosiy vazifa

Prezident selektorida eng аввало аҳолини иш билан таъминлаш, айниқса ёшлар ва хотин-қизлар бандлигини ошириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Navoiy shahrida bu borada mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi a’zolari sifatida biz ushbu topshiriqlarning joylarda to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash, aholining muammolarini bevosita o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

Tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilash

Selektorda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirish masalalari ham muhokama qilindi. Navoiy shahri sanoat salohiyati va infratuzilma imkoniyatlari bilan investorlar uchun qulay hudud hisoblanadi.

Shu bois, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, kredit va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish

Prezident selektorida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ichimlik suvi, yo‘l va kommunal infratuzilma masalalari ham alohida nazoratga olindi. Navoiy shahrida aholining turmush sharoitini yaxshilash, mavjud infratuzilma obyektlarini ta’mirlash va yangilarini barpo etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Mahalliy Kengash deputatlari sifatida biz ushbu loyihalarning ijrosini joylarda o‘rganish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Xulosa

Yanvar oyida o‘tkazilgan Prezident selektori hududlar oldiga aniq va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ydi. Ushbu topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish Navoiy shahrining barqaror rivoji, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati
Hasanova Gulshan Zokirovna

Slide 1 of 1