Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Amirbek Yunusovich hamda Gulam Baratovichlar boshchiligida Kogon shahridagi “Zirabot” mahalla fuqarolar yigʻinida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida “Mahalla obodligi — yurt obodligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mahalla faollari, partiya a’zolari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Davra suhbatida mahallalarni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.