Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Paxtakor tumani 9-sonli umumta’lim maktabi binosida Dilorom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mahalla yettiligi a’zolarining mahallalarda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar fuqaro murojaati yuzasidan o'rganish olib bordi
янв.21
Deputat mahalladagi obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida
Uch avlod uchrashuvi

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati T.Niyazov tashabbusi bilan “Yangihayot” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda keksa avlod vakillari, o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida nuroniylar yoshlarga milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va ezgu amallarga da’vat etuvchi fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, tadbirda so‘zga
chiqqanlar yoshlarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol bo‘lishga, tabiatni asrash va atrof-muhitni toza saqlashda tashabbuskor bo‘lishga chorladilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh avlodni kattalar hayotiy tajribasidan bahramand etish, ulug‘larning nasihatlaridan ibrat olish va ota-bobolar an’analarini ulug‘lashdan iborat bo‘ldi. Tadbirda tashkil etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.
  

Slide 1 of 3