Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
️Deputat Oltinko'l mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi muammolar yuzasidan o'rganish olib bordi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 18-SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 17–Oq buloq saylov okrugidan saylangan deputat Xasamiddinov Muzaffar Tursunovichning Oqbuloq mahalla fuqarolar saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy soha faoliyati deputat nazoratida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 17-SESSIYASI O‘TKAZILDI.
Xalq deputatlari Payariq tumani kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani kengashining navbatdagi o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kengash raisi Sh.Xudayberdiyev raisligida o‘tgan sessiyada 12 ta masala muhokama qilindi. 

Jumladan, Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan maqsadli foydalanish hamda tuman mahalliy budjetining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar.

Payariq tumani hududida “Yangi O‘zbekiston maydon" larini tashkil etish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti to‘g‘risida;

2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Payariq tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshlig`i E.Boyzakovning hisoboti to‘g‘risida;

Tumanda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazoratni olib borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i D.Ro‘ziyev hisoboti to‘g‘risida;

Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti to‘g‘risida;

Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, kasalliklar profilaktikasining holati, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo‘rayevning hisoboti to‘g‘risida;

Payariq tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallani tanlab olish va tasdiqlash to‘g‘risida;

Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisini tasdiqlash to‘g‘risida; 

Slide 1 of 9