Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
️Deputat Oltinko'l mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi muammolar yuzasidan o'rganish olib bordi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 18-SESSIYASI O‘TKAZILDI.
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 17–Oq buloq saylov okrugidan saylangan deputat Xasamiddinov Muzaffar Tursunovichning Oqbuloq mahalla fuqarolar saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy soha faoliyati deputat nazoratida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING VII-CHAQIRIQ 17-SESSIYASI O‘TKAZILDI.
#_munosabat

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 13 noyabr kungi 234-sonida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasida ta’kidlanishicha, mintaqa mamlakatlari uzoq yillardan keyin birinchi marta birgalikda oldinga yurish, umumiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi bosqichga kirib keldi.

Davlat rahbari fikricha, bu jarayon “o‘z-o‘zidan” emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari siyosiy irodasi, aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari natijasidir. Mintaqada o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti mustahkamlanib, hamkorlik keng ko‘lamdagi zaruratga aylandi.

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari yangi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini yaratganini, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammit esa barqaror, o‘zaro bog‘liq va farovon Markaziy Osiyoni barpo etishda muhim bosqich bo‘lishini qayd etadi.