Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib kelinmoqda
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Paxtakor tumani Samarqand MFY hududidagi 4-maktabda “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan kundalik hayotda qiynab kelayotgan muammolar ochiq va oshkora muhokama qilindi.
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Deputatlar tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbirini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat va sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan birgalikda Olmazor TTB faoliyatini o‘rgandi

Tashrif davomida TTBda tashkil etilgan bolalar bo‘limidagi elektron poliklinika tizimi, shuningdek, yangi davlat mexanizmlari va innovatsion yechimlar bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar hamda aholiga xizmat ko‘rsatishdagi dolzarb masalalar bilan tanishdi. Shuningdek, mahalla fuqarolarining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, profilaktik ko‘riklarni kengaytirish va kasalliklarning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Tadbir chog‘ida deputat tomonidan aholining, ayniqsa, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat ta’kidlashicha, sog‘lom jamiyat — taraqqiyot garovidir. Shu bois joylarda tibbiyot muassasalari faoliyatini muntazam o‘rganish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.

Slide 1 of 4