Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Paxtakor tumani "Suvonobod" mahalla aholisi qo‘ziqorin yetishtirib yaxshi daromad topmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Paxtakor tumani Nurli Pangat MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Deputatning o'z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
Maktablar ochilishi tadbirlarida deputatlar ishtirok etdilar

Yangi 2024–2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Termiz tumanidagi umumta’lim maktablarida tantanali ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda Termiz tuman Kengashi deputatlari, jumladan deputat Ruziyeva Nasiba ham faol ishtirok etdi.

Deputatlar o‘quvchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, ularning bilim olishida omad va zafarlar tiladilar. Ustoz va murabbiylarga esa yosh avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mehnatlari uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida yanada yuksak muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini ta’kidladilar.

Deputat Ruziyeva Nasiba o‘z tabrigida maktab ta’limining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini alohida qayd etib, yoshlarni bilimli, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishga chorlovchi ezgu tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida maktablarda yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishi ham ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar tayyorlagan badiiy chiqishlar esa bayramona ruh bag‘ishladi.

Slide 1 of 5