Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Paxtakor tumani "Suvonobod" mahalla aholisi qo‘ziqorin yetishtirib yaxshi daromad topmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat nazorati tufayli hududda muhim muammo o‘z yechimini topdi — avtomobil qatnov qismidagi yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Paxtakor tumani Nurli Pangat MFY binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi va deputat ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Deputatning o'z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...
янв.21
Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
22–23-avgust kunlari mahallada hashar o‘tkazildi:

Mahallamizda 22–23-avgust kunlari o‘tkazilgan hasharda deputat N. Ruziyeva, mahalla yettiligi, nuroniylar, yoshlar va hudud aholisi bir tan-u bir jon bo‘lib ishtirok etdilar.

Ikki kun davom etgan tadbir davomida ko‘chalar supurilib, chiqindilar chiqarildi, ariqlar tozalanib, yo‘laklarga shag‘al to‘kildi. Yashil hududlarni kengaytirish maqsadida turli manzarali daraxt va gullar ekilib, mavjud ko‘chatlarga parvarish ishlari olib borildi.

Hashar jarayonida ko‘pchilik uyma-uy yurib, mahalladagi yolg‘iz keksalar hovlilarini tozalashda ham ko‘mak berishdi. Bu esa hasharning nafaqat obodonlashtirish, balki mehr-oqibat va hamjihatlik bayramiga aylanganidan dalolat berdi.

Tadbir yakunida mahallamiz yanada fayzli va tartibli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Fuqarolar o‘zaro birdamlikda amalga oshirgan sa’y-harakatlari uchun alohida e’tirof etildilar.

Slide 1 of 3