Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi
янв.21
Mahallalarda aholi tomorqalarini oqar suv bilan ta'minlash ishlari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib kelinmoqda
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Paxtakor tumani Samarqand MFY hududidagi 4-maktabda “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan kundalik hayotda qiynab kelayotgan muammolar ochiq va oshkora muhokama qilindi.
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan o'rganilmoqda
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Deputatlar tomonidan mahallalardagi ta'mirlanayotgan ichki ko'chalar bo'yicha nazorat tahlil tadbirini olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 7-chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining bir yuz o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining bir yuz o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, korxona-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonini ijrosi yuzasidan tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va uning natijalari to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli Qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning hisoboti haqida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning hisoboti haqida.

4. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida.

5. Ishtixon tumanidagi “Temir daftar”ga kiritilgan muhtoj oilalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning hisoboti haqida.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Tuxtamurodovning hisoboti haqida.

7. Ishtixon tumani hududida “Hokimlik bog‘i” hamda “Yashil bog‘lar”ni tashkil etish to‘g‘risida.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-15-sonli Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Rabbimovning hisoboti haqida.

9. Ishtixon tumanining 2023-yilda budjet daromadlari va xarajatlar rejasining bajarilishi to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining hisoboti haqida.

10. Ishtixon tumani ishchi guruhlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aniqlangan muammolarni tizimli ravishda hal etish maqsadida “Ayollar daftari”ning 5-bosqich ro‘yxatini va “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash to‘g‘risida.

11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha tumanda jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyalar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

12. Ishtixon tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 7