Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari hamda reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarining qo'shma majlis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Paxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqdaPaxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqda
янв.21
Paxtakor tumanidagi Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Paxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqda
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi haqida deputat Mirzayev Sherzod munosabati:
янв.21
Paxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Paxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Eshmatov Anorboy Abbasovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mamanova Karomat hamda deputatlar tomonidan tumanning "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining navbatdagi o'n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga o'nga yaqin masalalar kiritilib, keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazildi.
#Munosabat

#Munosabat

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Muxtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan afv to‘g‘risidagi Farmonni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu hujjat – Vatanimizda insonparvarlik, adolat va insoniylikning qanchalik yuksak qadriyat ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Afv – bu faqat jazodan ozod etish emas. Afv – bu insonga imkoniyat, yangi hayot eshigini ochish, uning insof va tavbasiga ishonch bildirishdir.

523 nafar yurtdoshimizga bunday imkoniyat berilgani – davlatimiz “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalda qaror toptirayotganidan dalolatdir. Ularning orasida ayollar, yoshlar, keksa insonlar va hatto xorijiy fuqarolar bor. Demak, bu siyosat har kimga teng, har bir inson taqdiriga befarq emasligimizning yorqin ifodasi.

Afv etilgan fuqarolarga nafaqat ozodlik, balki hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun davlatimiz tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ham muhim ahamiyatga ega. Ularga ish topish, sog‘ligini tiklash, hujjatlarini rasmiylashtirish va oilasi bag‘riga qaytishida qo‘llab-quvvatlash — bu ham insoniylik, ham yurtdoshlik burchidir.

Biz, xalq vakili sifatida, afv etilgan insonlarning yana jamiyatga munosib fuqaro sifatida qaytishi, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi uchun bor imkoniyatlarim bilan yordam berishga tayyormiz.

Insonga ishonch bildirish – uning taqdirini o‘zgartirishi, butun hayotiga nur bag‘ishlashi mumkin. Bu qaror esa har birimizga ezgulik va kechirim hayotda qanchalik buyuk kuch ekanini yana bir bor eslatdi.

Slide 1 of 1