Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yoshlar tomorqalarida suv ta’minoti muammosi bartaraf etildi
янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
Ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning sayyor yig'ilishi o'tkazildi.

 Yig'ilishda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Atoyeva va deputatlari SH.Musoyeva, L.Avezova, Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i X.Zikirilloyev, Tuman sanitariya va epidemiologiya bo'limi boshlig'i B.Qahhorov va turli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. 

Yig'ilish maktabgacha ta'lim tashkilotlarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi, saqlanishiga bag'ishlandi. 

Joriy yilning 17 yanvar kunida Buxoro viloyati prokurori M.Istamovning Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 90-sessiyasida
maktabgacha ta'lim tashkilotlarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish ahvoli to'g'risidagi axborotida ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar bo'yicha maktabgacha maktab ta'limi bo'limi boshlig'i X Zikirilloyev so'zga chiqdi.
 

Yig'ilishda shuningdek Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Atoeva ham masala yuzasidan quyidagilarga to'xtalib o'tdi: 

Tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari 24 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ratsionga kiritganligi biroq ularning hammasi ham sifatli
holda yetkazib berilmayotganligi, go'sht mahsulotlariga talab etiladigan sanitariya hamda veterinariya xulosalarining talab darajasida
olinishiga, sariyog', pishloq, smetana va sut mahsulotlarining ham sanitariya holati yuzasidan xulosalari bo'lishiga ahamiyat berishimiz lozimligiga,
farzandlarimiz sog'lom voyaga yetishi biz yetkazib berayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga bog'liqligiga e'tiborli bo'lishga chaqirdi.
  

Slide 1 of 1