Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Paxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqda
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi haqida deputat Mirzayev Sherzod munosabati:
янв.21
Paxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqda
янв.21
Munosabat
янв.21
Paxtakor tumanidagi Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Eshmatov Anorboy Abbasovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mamanova Karomat hamda deputatlar tomonidan tumanning "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining navbatdagi o'n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga o'nga yaqin masalalar kiritilib, keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazildi.
янв.21
Paxtakor tumanida yangi bog'cha qad ko’tarmoqda !
янв.21
Paxtakorda yangi maktab qad ko’tarmoqda
янв.21
Paxtakor tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida ishlar davom etadi
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 15 may kuni maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi to'g'risida

 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 15 may kuni maktab ta'limi tizimidagi islohotlar
samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi borasida Xalq deputalari tuman Kengashi Amanov Baxtiyor Normatovichning
MUNOSABATI.
 

Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq.Shu bois, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur”, - dedi davlatimiz rahbari.

Muxtaram Prezidentimiz ta'lim soxasini isloh qilish boʻyicha yigʻilishida ushbu soʻzlar bilan yigʻilishni boshlab berib, quyidagi vazifalar xaqida oʻz nutqini boshladilar;

Oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun mablag‘ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion so‘m o‘naltirilayotgani ta’kidlandi.Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratildi. Bog‘cha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olayapti. Bog‘cha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm ob’yektlari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari o‘tkazish, madaniyat va istirohat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari va intellektual o‘yinlar tashkil etish topshirildi.
Poytaxtdagi Yangi O‘zbekiston bog‘i va parklarda har kuni ochiq osmon ostida konsertlar uyushtiriladi. Bu ishlarni sport sohasida ham tashkil qilib, 6 million yoshlarni qamrab olishga ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, bogʻcha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Yigʻilishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish chora-tadbirlari ham belgilab berdilar.Jumladan,“Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va Oʻquvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtirilishi, ular ta'mirlanib, zamonaviy yoʻnalishlarga mos jihozlanadi, xorijiy tillar, sun'iy intellekt, dasturlash va animasiya kabi yangi toʻgaraklar ochilishi, Oʻquvchilar oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha ham yangi tizim boʻladi deb takidlab, Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 oʻrinli “Bolalarsayyohlik bazasi” tashkil qilinadi. Har yili 1 million oʻquvchi uchun Oʻzbekiston boʻylab sayohatlar uyushtirilishi xaqida takidladilar. Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish – hammani oʻylantirayotgan muammo. Shu bois, Prezident qaroriga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzurida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. U mahalliy ijodkorlarga milliy kontentlar yaratish boʻyicha buyurtma beradi,sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi.
Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlar ham, dasturlar ham tubdan o‘zgartiriladi. Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-o‘qituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi. Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri bo‘yicha alohida tayanch maktablari bo‘ladi. Har bir tayanch maktabning 1 nafar o‘qituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, o‘z yo‘nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Ushbu trenerlar o‘ziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi o‘qituvchini o‘qitadi, yetakchi o‘qituvchilar esa o‘z maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib boradi.
Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak. Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda to‘qson kunlik” tartibida ishlashga o‘tish topshirildi. Shuningdek, yozgi ta'tilda yoshlarni oromgohlar va foydali mashgʻulotlarga jalb etish, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar va san'at kechalari oʻtkazish boʻyicha vazifalar belgilab berdilar.

Slide 1 of 3