Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 15 may kuni maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan
янв.21
"Korrupsiya - jamiyat illati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zolari Paxtakor tumanida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMAN KENGASHINING 8-SESSIYASI BO‘LIB O'TDI
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining doimiy komissiyalari qo'shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Mamanova 2025-yilning 1-chorak davomida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga xisobot berdi.
янв.21
Deputat fuqarolarning muammolarini hamda Dasturlar ijrosini o‘rganib bormoqda.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o'rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Ashurov Asilbek Rahmonovich tuman yoshlari bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Maktab ta’limidagi islohotlarning yangi bosqichi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 15 may kuni maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi borasida Xalq deputalari Doʻstlik tuman Kengashi kotibiyat mudiri Xalilov Olimjon Xalilovichning munosabati.  

 Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sogʻlom va bilimli avlodga bogʻliq, – dedi Prezident soʻzining boshida. – Shu bois yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida sogʻlom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur. Muxtaram Prezidentimiz ta'lim soxasini isloh qilish boʻyicha yigʻilishida ushbu soʻzlar bilan yigʻilishni
boshlab berib, quyidagi vazifalar xaqida oʻz nutqini boshladilar.

Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari xalqimizni 15 may – Xalqaro oila kuni bilan tabrikladi. –Oila – jamiyat tayanchi, ma'naviyat beshigi va avlodlar oʻrtasidagi uzviylik ramzidir. Xalqimiz azal-azaldan oilaga muqaddas qadriyat, barqarorlikning mustahkam asosi sifatida qarab keladi. Darhaqiqat, oʻzaro hurmat, shukronalik bor oilalarda fayz boʻladi. Bunday oilalar qancha koʻp boʻlsa, mahalla ham tinch va obod boʻladi. Mahallasi tinch tumanlar va shaharlarda, umuman, butun mamlakatda rivojlanish boʻladi. Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi har bir oilaga tinchlik, totuvlik va faravonlik tilayman. Mehr-oqibat, sadoqat hech bir xonadonni tark etmasin, – dedi Prezident. Ijtimoiy sohalardagi barcha sa'y-harakatlar ana shu maqsadlarga qaratilgan. Oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta'limi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgan. Bu yil 60 trillion soʻm ajratilgan. Maktablarda 1 millionga yaqin, bogʻchalarda 1,5 million yangi oʻrin yaratildi.

Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olayapti.

Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarini ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi. Ta'lim dasturlari eng ilgʻor mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanayapti, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti. Endi muallimlar yangi metodikalarni oʻzlashtirib, bolalarga yaxshi bilim berishi kerak. Buning uchun pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta'lim sifatini oshirish zarur. Yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish, toʻgʻri tarbiyalash, zararli ta'sirlardan asrash ham dolzarb masalalardan.

Yigʻilishda sohadagi har bir yoʻnalish atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi. Maktab ta'limini yangi bosqichga koʻtaradigan tashabbuslar ilgari surildi.

Avvalo, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga e'tibor qaratildi. Bu borada Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etildi. Nizomiy nomidagi oliygoh Milliy pedagogika universitetiga aylantirilib, uning rektori bir vaqtning oʻzida kadrlar tayyorlash boʻyicha vazir oʻrinbosari boʻldi. Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilindi.

Endi bu imkoniyatlar asosida barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi. Masalan, Termiz pedagogika instituti misolida aytganda, hozirgi fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich ta'lim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.

Fanlar soni maqbullashtirilib, 20 tadan 15 taga, ta'lim yoʻnalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, oʻquv yuklamasi 20 foizga qisqaradi. Yaqin hududdagi maktablar uning amaliyot bazasiga aylantiriladi. Institutning xorijiy til sertifikati bor 20 nafar oʻqituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi. Kelgusi uch yilda barcha professor-oʻqituvchilar chet elda oʻqitiladi. “Top-100” talik universitetlarda malaka oshirish va ta'lim xizmatlarini olish toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida boʻladi.

Hududlardagi malaka oshirish markazlari faoliyati ham kengaytiriladi. Ulardagi professor-oʻqituvchilar AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyaning ilgʻor dasturlari asosida qayta tayyorlanishi, Shu bilan oʻrta ta'limdagi 17 ta fanning har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi. Tayanch maktab oʻqituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, oʻz yoʻnalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Keyin bu trenerlar oʻziga biriktirilgan hududda 25 nafar etakchi oʻqituvchini oʻqitadi. Etakchi oʻqituvchilar esa oʻz maktabidagi boshqa muallimlarni malakasini oshirib boradi.

Bundan tashqari, universitet, markaz va maktablardan muallimlar xorijga malaka oshirishga yuboriladi. Bugungi kunda xususiy oliygohlarga keng yoʻl ochilgan. Lekin ularda pedagogika yoʻnalishidagi talabalarning 70 foizi maktabgacha ta'lim, boshlangʻich ta'lim va filologiya boʻyicha oʻqiyapti. Birortasida kimyo, biologiya va fizika boʻyicha muallim tayyorlanmaydi. Vaholanki, maktablarimizda aniq va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchi etishmaydi.

Shu bois, bundan buyon, xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi. Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi
tashqi diagnostikadan oʻtkaziladi. Bu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.

Davlatimiz rahbari yoshlarni nufuzli xorijiy universitetlarda oʻqitish masalasiga alohida toʻxtaldi. Farzandlarimiz juda iqtidorli ekani, faqat ularni toʻgʻri
yoʻnaltirib, maqsadli tayyorlash zarurligi ta'kidlandi.

Shu maqsadda “Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturi” boshlanadi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi. Unga 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, reytingi yuqori oliygohlarga maqsadli tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta'lim maktablariga biriktiriladi. Bu maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchini seleksiya qilib, AQShning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi “Pechak ligasi” oliygohlariga tayyorlaydi.

Bilimsevarlikka poydevor qoʻyishda maktabgacha ta'lim juda muhim. Bugungi kunda yurtimizda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Olti yoshli bolalarning 96 foizi maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olingan.
Keyingi yili bu raqam 100 foizga chiqadi.

Endi ilgʻor xorijiy tajriba asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich ta'lim oʻquv dasturlari oʻzaro uygʻunlashadi. Buning uchun bogʻcha bolalarini matematika, tabiiy fanlar va texnologiya yoʻnalishlarida tanqidiy va kreativ fikrlashga oʻrgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, bogʻcha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

Yigʻilishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish chora-tadbirlari ham belgilab berdilar. Jumladan,“Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va Oʻquvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtirilishi, ular ta'mirlanib, zamonaviy yoʻnalishlarga mos jihozlanadi, xorijiy tillar, sun'iy intellekt, dasturlash va animasiya kabi yangi toʻgaraklar ochilishi, Oʻquvchilar oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha ham yangi tizim boʻladi deb takidlab, Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 oʻrinli “Bolalar
sayyohlik bazasi” tashkil qilinadi. Har yili 1 million oʻquvchi uchun Oʻzbekiston boʻylab sayohatlar uyushtirilishi xaqida takidladilar.

Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish – hammani oʻylantirayotgan muammo. Shu bois, Prezident qaroriga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzurida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. U mahalliy ijodkorlarga milliy kontentlar yaratish boʻyicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi.

Shuningdek, yozgi ta'tilda yoshlarni oromgohlar va foydali mashgʻulotlarga jalb etish, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar va san'at kechalari oʻtkazish boʻyicha vazifalar belgilab berdilar.

https://t.me/Dustlik_kotibiyat https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman 

 

Slide 1 of 5