Xalq deputatlari Qiziriq tuman kengashi 2-Qorasuv saylov okrugidan saylangan deputat D.Xoliqova tomonidan 2024-yil
7-yanvar kuni Qorasuv mahallasida joylashgan 18-maktab binosida mahalla yettiligi xodimlari, mahallada mavjud ko'chalarning ko'chaboshilari va fuqarolar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda 18 nafar ko'chaboshilar va 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar. Uchrashuvda mahallada mavjud dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari to'g'risida suhbatlar olib
borildi. Bundan tashqari mahallada yashab kelayotgan ehtiyojmand oilalar, ularni kambag'allikdan chiqarish yuzasidan ham fikr va mulohazalar almashindi.