📌O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Yunusobod va Yashnobod tumanlari Kengashlarining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan navbatdagi IV qo‘shma Plenumi o‘tkazildi.
📝Mazkur yig'ilishda tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash a’zolari ishtirok etib, o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.
✅Tadbirda Yashnobod tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi R. Safarov hamda tuman Kengashi deputati, partiya a’zosi I. Rasulov ham faol ishtirok etdi.
🔰Plenum davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda partiyaning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.