Yangiliklar

ZARKENT MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TADBIRI O‘TKAZILDI

Toshloq tumani Zarkent mahalla fuqarolar yig‘inida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev, Nogironlar jamiyati Toshloq tuman bo‘limi rahbari T. Xalilov, shuningdek, Zarkent mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari, hududda faoliyat yuritayotgan faol nuroniylar hamda “Keksalar maslahat guruhi” a’zolari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, insoniy qadriyatlarga asoslangan fikr-mulohazalari bilan yoshlarga muhim ma’naviy-axloqiy saboqlar berishdi.

Uchrashuv jarayonida faxriylar, pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro fikr almashib, jamiyat rivojida har bir avlodning o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha mulohaza yuritdilar.

Slide 1 of 3